TOShKENT, 10 sen — Sputnik. O‘zbekiston boks federatsiyasi Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan sportchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bokschilar bo‘lajak musobaqada quyidagi tarkibda qatnashishadi:
Erkaklar:
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov
-57 kg: Abdumalik Xalokov
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev
-71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
-80 kg: To‘rabek Xabibullayev
-92 kg: Lazizbek Mullojonov
+92 kg: Bahodir Jalolov.
Ayollar:
-50 kg: Sabina Boboqulova
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-57 kg: Sitora Turdibekova
-60 kg: Rayhona Qodirova
-66 kg: Navbahor Hamidova
-75 kg: Aziza Zokirova.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlarining boks dasturida Parij-2024 Olimpiadasining yo‘llanmalari ham o‘ynaladi.
Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari 23-sentabr - 8-oktabr kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkaziladi.