TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Toshkentda qilichbozlikning sablya va rapira yo‘nalishlari bo‘yicha kadetlar o‘rtasida Osiyo kubogi o‘tkazilmoqda. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Unda Saudiya Arabistoni, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Hindiston va O‘zbekiston mamlakatlaridan sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib borishmoqda. Musobaqaning birinchi kunida rapira qurolida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi.
Shohsupaga ko‘tarilgan sportchilar:
Qizlar:
1 Sofiya Aktayeva (Qozog‘iston);
2 Durdona Mamadaminjonova (O‘zbekiston);
3 Alau Mukanova (Qozog‘iston);
3 Sabina Adashaliyeva (O‘zbekiston).
Yigitlar:
1 Jamoliddin Maripjonov (O‘zbekiston);
2 Boburjon Tojiddinov (O‘zbekiston);
3 Yevgeniy Tokanov (Qozog‘iston);
3 Alimirzo Mirzayev (O‘zbekiston).