Chiqindini qanday qilib foydali qilish mumkin: hamma uchun kerakli layfxak

Sputnik
Chiqindilarni to‘g‘ri boshqara olsangiz, atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qilishingiz va hatto muhtojlarga ham yordam berishingiz mumkin. RIA Novosti chiqindilarni qanday saralash va keraksiz narsalarni nima qilish kerakligini ma’lum qildi.

Plastik, shisha, metall, qog‘oz: nimani qayta ishlash mumkin?

Ekspertlarning aytishicha, saralashni bir turdagi chiqindilar bilan boshlash osonroq.
Oldin shahringizda qanday chiqindilar qayta ishlashga qabul qilinishini bilib oling va ularning biri bilan ishni boshlang. Masalan, siz foydalanilgan batareyalarni yig‘ish joyi qayerda ekanligini bilib olishingiz, ularni yig‘ishingiz va muntazam ravishda u yerga olib borishingiz mumkin.
Qayta ishlash uchun to‘rtta asosiy turdagi chiqindilar mos keladi: plastmassa, shisha, metall, qog‘oz.
Kundalik hayotda ikkita chiqindi konteyneri yetarli bo‘ladi. Biri qayta ishlanadigan chiqindilar uchun (plastik va metall), ikkinchisi boshqa turdagi chiqindilar uchun.
Shisha, qog‘oz va karton uchun, masalan, balkonda maxsus joy ajratish yaxshiroqdir. Chunki bu materiallar tez yig‘ilmaydi.
Termometrlar, muddati o‘tgan dori-darmonlar va uy kimoviy moddalarida xavfli yoki ifloslantiruvchi moddalar mavjud, shuning uchun ularni maxsus yig‘ish punktlariga olib borish kerak.
Ekspertning aytishicha, bu muammo qanchalik jiddiy ekanini tushunish uchun: chiqindixonaga tashlangan bitta akkumulyator 20 kvadrat metr tuproq va 400 litr suvni ifloslantirishi mumkin.
Agar siz kran ostiga maydalagich o‘rnatsangiz, keyin oziq-ovqat qoldiqlari kanalizatsiya tizimiga, so‘ngra tozalash tizimlariga tushadi va ular to‘g‘ri yo‘q qilinadi.

Yuving, quriting va maydalang: konteynerlarni qayta ishlash uchun qanday tayyorlash kerak

Afsuski, plastik shishani to‘g‘ri idishga solib qo‘yish yetarli emas - siz plastmassa turiga e’tibor berishingiz kerak. Siz plastik suv idishlarini, eski plastik idishlarni, oziq-ovqat qoplarini, oziq-ovqat plonkalarini va maishiy texnika uchun qadoqlarni qayta ishlashingiz mumkin.
Ular egiluvchan va granulalar tayyorlash uchun materialga aylanadi. O‘z navbatida, butilkalar, bir martalik idishlar, mebellar va qadoqlash materiallari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, idishni yuvish, quritish va maydalash kerak bo‘ladi. Qayta ishlashga kiruvchi plastmassa toza bo‘lishi kerak - bu holda korxonalar energiya va suv xarajatlarini kamaytiradi.
Keraksiz kiyimlar uchun esa ikkinchi imkoniyat berish lozim. Masalan, sizga endi mos kelmaydigan yoki sizga yoqmaydigan kiyimlar kimningdir kiyim javonidan munosib o‘rin egallashi mumkin.
O‘zbekiston 461,2 ming tonna chiqindidan tozalandi
Biz tashlagan chiqindilar qayerga g‘oyib bo‘ladi – video