BAAda qiyin ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga ko‘mak ko‘rsatildi

M.U. va D.K Bosh konsullikka qilgan murojaatlarida ish beruvchi tomonidan doimiy ravishda tazyiq o‘tkazilayotganini bayon etgan.
Sputnik
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. O‘zbekiston diplomatlari Birlashgan Arab Amirliklarida qiyin ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonlik M.U. va D.K.ni vatanga qaytishida amaliy yordam ko‘rsatdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
M.U. va D.K Bosh konsullikka qilgan murojaatlarida BAAga yolg‘on va’dalarga ishonib kelib qolganlarini va ish beruvchi tomonidan doimiy ravishda tazyiq o‘tkazilayotganini bayon etgan.
Jumladan, o‘zini ish beruvchi deb atagan shaxs ularning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini olib qo‘ygan va turli bahonalarni ro‘kach qilib qaytarib bermagan.
O‘zbekiston diplomatlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida M.U. va D.K.ning pasportlari qaytarib olindi. Faol vatandoshlar ko‘magida ularning O‘zbekistonga qaytishi uchun bepul aviachipta olib berildi.
Ular “UzbekistanAirways” kompaniyasining Dubay-Toshkent havo qatnovi bilan O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.