Xalqaro etnosport festivali: Xivada jang san’ati bo‘yicha jahon chempionati qanday o‘tmoqda?

Jahon chempionatida 16 ga yaqin davlatdan kelgan sportchilar kurash olib boradi.
Sputnik
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Xiva shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro etnosport festivalida milliy jang kurashi bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilmoqda, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Xiva shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro etnosport festivalining eng ko‘zga ko‘ringan musobaqalaridan biri – “Jang san’ati” (milliy jang kurashi) bo‘yicha jahon chempionatidir.
Ularda 16 ga yaqin davlat ishtirok etadi. O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Janubiy Koreya, Malayziya, Ozarbayjon, Armaniston, Eron, Hindiston shular jumlasidandir.
Eslatib o‘tamiz, kecha Xivada Xalqaro etnosport festivali boshlandi. Unda dunyoning 63ta mamlakatidan 930 nafar sportchilar ishtirok etmoqda. Ular orasida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Misr, Rossiya, Belarus, Eron, Pokiston, Isroil, Hindiston, Janubiy Koreya, Kanada, Gruziya vakillari bor. Festival doirasida bo‘lib o‘tadigan tosh ko‘tarish musobaqasida Rossiyalik sportchilar ham ishtirok etadi.
Xalqaro etnosport festivali 10-sentabrga qadar davom etadi.