Mask nima uchun Qrimda Starlink ishlamasligini tushuntirdi

Mask: Starlink Qrimda harbiy foydalanish taqiqlanganligi sababli yoqilmadi.
Sputnik
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Starlink sun’iy yo‘ldosh tizimining xizmat ko‘rsatish shartlari uni harbiy maqsadlarda ishlatishni taqiqlaydi. Bu haqda tadbirkor Ilon Mask o‘zining X tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xizmat ko‘rsatish shartlari Starlink’dan hujumkor harbiy harakatlarda foydalanishni aniq taqiqlaydi.
“Bizning xizmat ko‘rsatish shartlarimiz Starlink’ni hujumkor harbiy harakatlar uchun aniq taqiqlaydi, chunki biz fuqarolik tizimmiz, shuning uchun ular yana aniq taqiqlangan narsani talab qilishdi”, - deb yozadi u.
Maskning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainaning buyrug‘i bo‘yicha harakat qilishdan bosh tortish va Starlink’ga uning oldini olish uchun ataylab o‘zgartirish kiritish o‘rtasida farq bor.
Mask na u, na boshqa birov tizim Qrimda ishlashiga va’da bermaganini qo‘shimcha qildi.
Mask 2022-yilda Qrim qirg‘oqlari yaqinida sun’iy yo‘ldosh aloqa xizmatini cheklab qo‘ygani va Kiyev hujumining oldini olgani haqidagi xabarlarni rad etib, tizim aslida ishga tushirilmaganini, lekin uni yoqish so‘ralganini aytgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Starlink Ukrainada ishlamay qolishi mumkin – Ilon Mask