Toshkentning markaziy ko‘chalaridan biri avtomobillar uchun vaqtincha yopiladi — harita

Mirobod tumani Amir Temur shoh ko‘chasining Kichik halqa yo‘li ko‘chasi bilan kesishgan qismi vaqtincha yopiladi.
Sputnik
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Toshkentdagi Amir Temur shoh ko‘chasining bir qismi vaqtincha avtomobillar harakati uchun yopiladi, deya xabar berdi poytaxt hokimligi.
Mirobod tumani Amir Temur shoh ko‘chasining Kichik halqa yo‘li ko‘chasi bilan kesishgan qismi vaqtincha yopiladi.
U yerda 110 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

“Ko‘cha 9-sentabr kuni soat 20:00 dan 10-sentabr kuni 09:00 gacha hamda 10-sentabr kuni 20:00 dan 11-sentabr kuni 09:00 ga qadar barcha turdagi avtotransport vositalari harakati uchun yopiladi”, - deyiladi xabarda.

Gap Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga yo‘nalgan tomonida 60 metr uzunlikdagi qismi (Toshkent Temir yo‘l texnikasi muzeyi qarshisi) haqida ketmoqda.
Amir Temur shoh ko‘chasining Kichik halqa yo‘li ko‘chasi bilan kesishgan qismi vaqtincha yopiladi.
Xabarda haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlari tavsiya etilgan.