TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Marokash Podshohi Muhammad VIga ta’ziya yo‘lladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi.
Qayd etilishicha, ta’ziya Marokash hududida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan yo‘llandi.
"Davlat rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi", - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, kecha tunda Marokashdan 80 kilometr uzoqlikda 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Birinchi yer silkinishidan keyin yana bir nechta zilzilalar qayd etilgan. O‘shandan beri 4,8, 3,4, 3,2 va 3,3 magnitudali kamida to‘rtta zilzila kuzatilgan. Marokashdagi zilzila qurbonlari soni 820 kishiga yetdi, yana 672 kishi jarohat oldi.