TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Kecha tunda Marokashda kuchli zilzila kuzatildi. Bu haqda RIA Novosti Yevropa-O‘rta er dengizi seysmologik markaziga tayanib xabar berdi.
Marokashdan 80 kilometr uzoqlikda 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.
“Zilzila qurbonlari soni 296, yaralanganlar soni 153 nafarga yetdi”, - deyiladi xabarda.
Birinchi yer silkinishidan keyin yana bir nechta zilzilalar qayd etilgan. O‘shandan beri 4,8, 3,4, 3,2 va 3,3 magnitudali kamida to‘rtta zilzila kuzatilgan.
Qayd etilishicha, seysmologlar zilziladan keyin hatto kunduzi ham ichida yer silkinishlari sodir bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.