TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 jamoasi Gonkong ustidan g‘alaba qozondi. Hisob : 10:0.
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi saralashi doirasida Gonkongga qarshi maydonga tushdi.
Raqib darzozaga birinchi golni Husayn Norchayev urgan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi gollarga Abbosbek Fayzullayev va Alisher Odilovlar mualliflik qildi. Shunday qilib, birinchi bo‘lim O‘zbekiston foydasiga 3:0 hisobda yakunlandi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 jamoasi Gong Kong ustidan g‘alaba qozondi
© Futbolnaya assotsiatsiya Uzbekistana
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limi ham omadli boshlandi. O‘zbekistonlik futbolchilar birin-ketin raqib darvozasiga ikkita gol o‘rishdi. Gol mualliflari Umarali Rahmonaliyev va Husayn Norchayev.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 jamoasi Gong Kong ustidan g‘alaba qozondi
© Futbolnaya assotsiatsiya Uzbekistana
Husayn Norchayev raqib darvozani yana bir bor aniq nishonga olishni uddasidan chiqdi (xet-trik) va hisobni o‘z jamoasi foydasiga 6:0 qilishga erishdi.
O‘zbekiston jamoasi hisobni 7:0 qilishiga raqib jamoa yordam berdi. Gonkong futbolchisi Man Yip Cheuk o‘z darvozasiga gol urdi.
Norchayev o‘rniga maydonga tushgan Ulug‘bek Hoshimov ham jamoa hisobiga yana bitta gol qo‘shib qo‘ydi. Ulug‘bek Hoshimov raqiblariga hisobni ochish uchun imkoniyat qoldirmadi va jamoa hisobiga 9-golni yozib qo‘ydi. Unga Alisher Odilovning uzatmasi qo‘l keldi.
Ikkinchi bo‘lim uchun 6 daqiqa qo‘shib berildi. Bu imkoniyatdan Ulug‘bek Hoshimov foydalandi (xet-trik) va hisobni 10:0ga teng qildi.
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi saralashi doirasida Gong Kongga qarshi maydonga tushdi.
© Futbolnaya assotsiatsiya Uzbekistana