Futbol: Ertaga O‘zbekiston AQShga qarshi to‘liq oq libosda maydonga tushadi

O‘yin Toshkent vaqti bilan 10 senyabrga o‘tar kechasi soat 02:30 da boshlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10-sentabr kuni AQShga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
O‘yin Sent-Luis shahridagi “CityPark” stadionida bo‘lib o‘tadi.
"O‘yin Toshkent vaqti bilan 10 senyabrga o‘tar kechasi soat 02:30 da boshlanadi", - deyiladi xabarda.
O‘rtoqlik o‘yinini "Sport" telekanali orqali tomosha qilish mumkin.
Mazkur bahsda futbolchilar to‘liq oq libosda, darvozabon esa qora libosda harakatlanadi.