Xivada xalqaro etnosport festivali boshlandi — foto, video

Festival doirasida 63 davlatdan 1800 dan ortiq sportchi ishtirok etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Bugun Xorazm viloyatida xalqaro etnosport festivali boshlandi, deya xabar berdi Yoshlar siyosati va sport vazirligi.
Bugun Xivada xalqaro etnosport festivali boshlandi. Una ishtirok etayotgan sportchilar bir qator sport turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashishga kirishdi.
Festival doirasida 63 davlatdan 1800 dan ortiq sportchi ishtirok etmoqda. Ular ommaviy kurash, bahodirlar o‘yinlari, tosh ko‘tarish, kamondan otish, belbog‘li kurash, uloq-ko‘pkari va boshqa sport turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashadi.
Xususan, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi festivalda ot sporti o‘yinlari hamda kamondan otish sport turi bo‘yicha mahorat darslarini namoyish etmoqda.
1 / 15
2 / 15
3 / 15
4 / 15
5 / 15
6 / 15
7 / 15
8 / 15
9 / 15
10 / 15
11 / 15
12 / 15
13 / 15
14 / 15
15 / 15
Xivada etnosport festivali boshlanmoqda — video
Eslatib o‘tamiz, Xivada 7-10 sentabr kunlari xalqaro etnosport festivali bo‘lib o‘tadi. Sportchilar orasida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Misr, Rossiya, Belarus, Eron, Pokiston, Isroil, Hindiston, Janubiy Koreya, Kanada, Gruziya vakillari bor. Festival doirasida bo‘lib o‘tadigan tosh ko‘tarish musobaqasida Rossiyalik sportchilar ham ishtirok etadi. Rossiya sport vaziri Oleg Matitsin boshchiligidagi delegatsiya ham festivalga taklif qilingan.