TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Bugun Buxoroda O‘zbekiston va Rossiya U-18 yoshlar terma jamoalarining o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘yin davomida har ikki jamoa g‘alabaga astoyidil harakat qildi. Rossiya jamoasi o‘yin boshida tashabbusni egallab, 8-daqiqadayoq O‘zbekiston darvozasiga gol kiritdi. Lekin o‘zbekistonliklar ham paydo bo‘lgan imkoniyatdan to‘g‘ri foydalanib, 22 daqiqada chiroyli penalti yordamida hisobni tenglashtirishdi. Birinchi taym 1:1 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi taym boshida yana Rossiya tezkor gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 46 daqiqada Rossiya jamoasi oldinga chiqib oldi. Shundan so‘ng O‘zbekiston jamoasi ishga jiddiy kirishdi va 62 daqiqada ikkinchi va 64 daqiqada 3-gollarni kiritishdi. Lekin Rossiya jamoasi 82 daqiqada yana bir gol urib hisobni tenglashtirdi.
O‘rtoqlik uchrashuvi 3:3 hisobida durang natija bilan yakunlandi. Aytish joiz har ikkala jamoa ham oxirigacha bor kuchi bilan kurashdi. O‘yin qanday tugashini aytish juda mushkul bo‘ldi.
Rossiya o‘zbekiston yoshlar terma jamoalari 11-sentabr kuni yana bir bor uchrashuv o‘tkazadi.
Barcha gollarni quyidagi videolavhada tomosha qiling.