Toshkent viloyatida migrantlar bilan ishlash bo‘yicha virtual ofis ish boshlashi kutilmoqda

Toshkent viloyati hokimligi migrantlarning turli sabablar bilan ishdan bo‘shatilishiga qarshi kurashmoqchi.
Sputnik
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Toshkent viloyati hokimligida migrantlar bilan ishlash bo‘yicha virtual ofis ish boshlashi kutilmoqda, deya xabar berdi viloyat hokimligi.
Viloyat hokimligida migrantlar bilan ishlash bo‘yicha maxsus virtual ofis loyihasining taqdimoti o‘tkazildi.
“Virtual ofis faoliyatini yo‘lga qo‘yish degani bu – migrantlarni Vatanga qaytarish va ish bilan ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni umumlashtirish, soddalashtirish, samarali, eng asosiysi, zamonaviy muloqot tartibini yo‘lga qo‘yish, demakdir”, - deyiladi xabarda.
Loyiha orqali quyidagilar amalga oshiriladi:
bandlik dasturi bo‘yicha qilinayotgan ishlarni migrantlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish;
ishga joylashishlariga ko‘maklashish;
keyinchalik turli sabablar bilan ishdan bo‘shatilishlarga qarshi kurashish va haftalik monitoring yuritish;
ochiqlik, shaffoflik orqali jarayonga barcha fuqarolarni bevosita jalb qilish;
jamoatchilik nazorati o‘rnatish.
Qayd etilishicha, mehnatni tashkil etish jarayoni ustidan tekshiruv o‘tkazishga vakolatli inspeksiya rahbarining haftada bir marta xalqqa hisobot berish tartibi yo‘lga qo‘yiladi.