TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) safi 2024-yilda yana kengayishi mumkin. Bu haqda Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ruslan Seysembayev Ostonada bo‘lib o‘tgan ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.
Seysembayevning so‘zlariga ko‘ra, ShHT a’zolari soni doimiy ravishda ko‘payib bormoqda. Bu tashkilotning xalqaro nufuzi ortib borayotganidan darak beradi.
“Bugun ShHT oilasining to‘laqonli a’zosi sifatida Mintaqaviy aksilterror tuzilma kengashi ishida ilk bor Eron Islom Respublikasi vakili ishtirok etmoqda”, - dedi u.
Seysembayev 2024-yilda tashkilot safi kengayishi kutilayotganini ta’kidladi.
“Kelasi yili bizga ShHTga kirish jarayonlarini yakunlayotgan Belarus Respublikasidan bo‘lgan tajribali mutaxassislar qo‘shilishi kutilmoqda. Mo‘g‘ulistonda ham xuddi shunday ish olib borilmoqda. Shu bois uch yovuz - terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurashishdagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga sur’at bag‘ishlash uchun kengashda qatnashish uchun ShHTda kuzatuvchilarning vakillari taklif etilgan”, - deya xulosa qildi Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari.
8 sentabr kuni Ostonada Qog‘oziston raisligida ShHT MATT kengashining qirqinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ShHTga a’zo mamlakatlar xavfsizligiga tahdid soluvchi terrorchi, ekstremistik tashkilot va guruhlar faoliyatiga qarshi birgalikda kurashish va sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi.
ShHT 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. 4-iyul kuni Eron tashkilotning to‘laqonli a’zosi bo‘ldi va bu bilan a’zolar soni 9 taga yetdi. Bungacha ShHTga Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston kirardi.
ShHT 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. 4-iyul kuni Eron tashkilotning to‘laqonli a’zosi bo‘ldi va bu bilan a’zolar soni 9 taga yetdi. Bungacha ShHTga Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston kirardi.
Kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus, Mo‘g‘uliston.
ShHTning Samarqand sammiti doirasida Belarusga ShHT to‘laqonli a’zosi maqomini berish tartibini boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Mamlakat 2022-yil 15-iyul kuni ShHTga qo‘shilish to‘g‘risida ariza bergandi.