Samarqanddagi xalqaro oziq-ovqat forumida 1,88 mlrd dollarlik kelishuvlar imzolandi

Mamlakat agrar tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritishni nazarda tutuvchi 24 ta loyiha bo‘yicha kelishuvga erishildi,
Sputnik
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Samarqanddagi xalqaro oziq-ovqat forumida 1,88 mlrd dollarlik kelishuvlar imzolandi, deya xabar berdi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
O‘zbekiston hukumati tomonidan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) texnik ko‘magida o‘tkazilgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida Agrooziq-ovqat investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi.
Samarqanddagi xalqaro oziq-ovqat forumida 1,88 mlrd dollarlik kelishuvlar imzolandi
Forum yakuniga ko‘ra, 1,88 mlrd dollarga teng kelishuvlar imzolandi.

“Tadbirda qatnashgan 26 ta mamlakatdan kelgan 100 dan ziyod kompaniyalar vakillari o‘zbekiston qishloq xo‘jaligi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib, hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga qiziqish bildirdilar”, deyiladi xabarda.

Kelishuv mamlakat agrar tarmog‘iga 24 ta loyiha bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritishni nazarda tutadi. Ularning umumiy qiymati 857,3 mln dollarni tashkil qildi.
Samarqanddagi xalqaro oziq-ovqat forumida 1,88 mlrd dollarlik kelishuvlar imzolandi
Bundan tashqari, 14 ta loyiha uchun jami 707,5 mln dollarga teng grantlar va xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb etishga kelishib olindi. Shuningdek, 319,2 mln dollarga teng savdo kelishuvlari imzolandi.