O‘zbekiston etnosportni ommalashtirishda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirmoqchi

Shavkat Mirziyoyev Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi Najmiddin Bilol Erdog‘an boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Sputnik
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. O‘zbekiston etnosportni ommalashtirish sohasida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytiradi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi Najmiddin Bilol Erdog‘an boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Shavkat Mirziyoyev Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi Najmiddin Bilol Erdog‘an boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Suhbatda quyidagi masalalar bo‘yicha hamkorlikni kegaytirish ko‘rib chiqildi:
Qo‘shma “yo‘l xaritasi” asosida ta’lim dasturlarini ishlab chiqish;
Tajriba almashish;
Mutaxassislar, murabbiy va hakamlarni tayyorlash;
Yoshlarni etnosportga keng jalb qilish.
Uchrashuvda shuningdek, ilk bor Xiva shahrida dunyoning 60 dan ziyod mamlakatidan qariyb 2 ming nafar sportchi ishtirokida o‘tkazilayotgan Xalqaro etnosport festivali qo‘llab-quvvatlangani va yuksak darajada tashkil etilgani uchun samimiy minnatdorlik bildirildi.
Xivada xalqaro etnosport festivali boshlandi — foto, video