TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Bugun Toshkentda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi.
Kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +18-20, kunduzi +30-32 daraja bo‘ladi.