Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mayning uchun ruxsatnoma beradi

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari takomillashtirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. O‘zbekistonda mayning uchun ruxsatnomani Istiqbolli loyihalar milliy agentligi berishni boshlaydi. Prezident 6-sentabr kuni imzolagan qonun bilan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olayotgan yuridik shaxslar davlat bojini Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan belgilanadigan miqdorda va tartibda to‘laydi.
Shuningdek, mayning faoliyatini amalga oshirish uchun Istiqbolli loyihalar milliy agentligining ruxsatnomasini olish lozim. Ruxsatnomasiz faoliyat uchun BHMning 150 baravari miqdorda jarima ko‘zda tutilgan.