Mashhur golland me’mori O‘zbekistonga keladi — tafsilotlar

Me’mor O‘zbekiston poytaxti qiyofasini asrab-avaylash bo‘yicha majmuaviy strategiyani ishlab chiqishga ko‘maklashadi.
Sputnik
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Toshkentda modernistik me’morchiligi muhofazasi masalalariga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkaziladi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.
“Toshkent dunyoning qayerida joylashgan?” nomli konferensiya 2023-yilning 18–19-oktabr kunlari O‘zbekiston lavlat san’at muzeyida bo‘lib o‘tadi.
Faxriy mehmonlar orasida me’mor Rem Kolxas, yozuvchi va muhofiz Shumon Basar, madaniy meros bo‘yicha boshqaruvchi Eduardo Eskalante Karrilolar bor.
Mashhur golland me’mori O‘zbekistonga keladi
Konferensiyadan ko‘zlangan maqsad Toshkent modernistik merosining ahamiyatiga diqqat-e’tiborni jalb etishdan iboratdir.
“Biz muloqotni yo‘lga qo‘yish va O‘zbekiston poytaxti qiyofasini asrab-avaylash bo‘yicha majmuaviy strategiyani ishlab chiqishga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan yetakchi mutaxassislarni bir joyga to‘playmiz”, - deyiladi xabarda.
Konferensiya bilan bir vaqtda muzeyda “Tashkent Modernism: Index” ko‘rgazma loyihasi taqdim etiladi. U ikki yillik jadal va puxta izlanishlar natijalari hamda Armin Linke tomonidan tasvirga tushirilgan me’moriy inshootlarning fotosuratlarini birlashtiradi.
Mashhur golland me’mori O‘zbekistonga keladi
Anjuman “Tashkent Modernism XX/XXI” loyihasini amalga oshirishga salmoqli hissa qo‘shgan me’mor va muarrix Jan-Lui Koyen (1949–2023) xotirasiga bag‘ishlanadi.
Mashhur golland me’mori O‘zbekistonga keladi
Ma’lumot uchun, Rem Kolxas o‘z faoliyatini jurnalist va ssenariy muallifi sifatida boshlagan. 1975-yilda u mashhur OMA (Office for Metropolitan Architecture) arxitektura burosiga asos solgan. Uning loyihalarini eksperimental ko‘rgazmalar va pavilonlardan tortib butun shaharlar, viloyatlar va hatto mamlakatlargacha qamrab oladi.
U Sietldagi kutubxona (AQSh), Portudagi Musiqa uyi (Portugaliya), Pekindagi (Xitoy) CCTV telekompaniyasining bosh qarorgohi, Qatar Milliy kutubxonasi kabi mashhur binolarni yaratdi. Uning yutuqlari nufuzli Pritser mukofoti va boshqa mukofotlar bilan taqdirlangan.