TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10-sentabr kuni AQShga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.
O‘yin Sent-Luis shahridagi “CityPark” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 10 senyabrga o‘tar kechasi soat 02:30 da boshlanadi. O‘rtoqlik o‘yinini "Sport" telekanali orqali tomosha qilish mumkin.
Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Sent-Luisda mashg‘ulot o‘tkazdi.
O‘zbekiston jamoasi AQShga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi
© Assotsiatsiya futbola
Ma’lumot uchun, AQSh milliy terma jamoasi FIFA reytingida 11-o‘rinni egallaydi. Mazkur bahs jamoalar o‘rtasidagi ilk o‘zaro o‘yin hisoblanadi.