Chexiya razvedkasi sobiq rahbari Ukraina parchalanib ketishini bashorat qildi

Shandorning fikricha, Rossiya oxir-oqibat Markaziy va Sharqiy Yevropa uchun birlashtiruvchi bo‘g‘in sifatida bo‘lib qolishda davom etadi.
Sputnik
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Ukraina hozirgi mojaro natijasida katta yo‘qotishlarga duchor bo‘ladi va davlat sifatida parchalanib ketadi. Chexiya harbiy razvedkasining sobiq rahbari general Andor Shandor shunday fikr bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya oxir-oqibat Markaziy va Sharqiy Yevropa uchun birlashtiruvchi bo‘g‘in sifatida bo‘lib qolishda davom etadi.

“Ukrainadagi mojaro u parchalanishi bilan yakunlanadi. Katta yo‘qotishlarga duch keladi va qulaydi. Dunyoda biz yashab turgan Yevropa qismi uchun ko‘plab muammo keltiruvchi yana bitta muzlatilgan mojaro paydo bo‘ladi”, - dedi u Polshaning “Mysl Polska” gazetasiga bergan intervyusida.

Shandor G‘arb yetakchilarining Rossiya bilan umumiy urush ular manfaatlariga mos kelmasligi haqidagi bayonotlariga ham munosabat bildirib o‘tgan.
“Tarix davomida ularga biror bir mamlakat qo‘shilishni istamagan mojaralarni ko‘rdik, biroq oqibat natijada bu ro‘y berdi. Men biz mojaroga tobora ko‘proq qo‘shilib borishimizdan qo‘rqaman”, - deya qayd etgan Chexiya harbiy razvedkasining sobiq rahbari.
"Xaritadan yo‘qolasiz": Zelenskiyning Rossiya haqidagi bayonoti qanday qabul qilindi