Xivada etnosport festivali boshlanmoqda — video

Etnosport festivalida dunyoning 63 davlatdan 1800 dan ortiq sportchilari va sport delegatsiyalari ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Xivada 7-10 sentabr kunlari xalqaro etnosport festivali bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 63 davlatdan 1800 dan ortiq sportchilar hamda sport delegatsiyalari ishtirok etadi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
Sportchilar orasida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Misr, Rossiya, Belarus, Eron, Pokiston, Isroil, Hindiston, Janubiy Koreya, Kanada, Gruziya vakillari bor.
Xivada etnosport festivali
Etnosport festivalida sportchilar restling, bahodirlar o‘yinlari, tosh ko‘tarish, kamondan otish, belbog‘li kurash, uloq-ko‘pkari va boshqa milliy turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashadi. Bellashuvlar uchun 20 dan ortiq sport va ko‘rgazmali chiqishlar o‘tkaziladigan maydonlar tayyorlangan.
Festival doirasida bo‘lib o‘tadigan tosh ko‘tarish musobaqasida Rossiyalik sportchilar ham ishtirok etadi. Rossiya sport vaziri Oleg Matitsin boshchiligidagi delegatsiya ham festivalga taklif qilingan.