Ukraina Yevropaga yangi zarba berdi

Ukraina tovuq go‘shtining bojsiz import qilinishi Yevropadagi fermerlarni daromaddan mahrum qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Fransiya parrandachilik fermerlari ukrainalik ishlab chiqaruvchilarning “nohaq raqobatidan” aziyat chekmoqda. Bu haqda “Anvol” tovuq go‘shti yetkazib beruvchilar Xalqaro professional uyushmasi raisi Jan-Mishel Sheffer, “Figaro” nashriga bergan intervyusida xabar berdi.
Materialda ta’kidlanganidek, iyun oyida Yevrokomissiya Ukraina tovuq go‘shtining bojsiz import qilishining muddatlarini uzaytirdi, bu esa “bozorda yetkazib berishning jadal o‘sishiga” sabab bo‘ldi.
“Ukraina tomonidan Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga tovuq go‘shti eksporti ikki baravar va hatto uch baravar ko‘paydi. Biz hammamiz (Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida – tahr.) ham xuddi shunday vaziyatni boshdan kechirmoqdamiz: ukrainalik tovuqlarning “bostirib kirishi” bozorni beqarorlashtiradi”, – shikoyat qildi Sheffer.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropada parrandachilik odatda oilaviy biznesdir, Ukraina korxonalari esa “boshqa toifada”.
Sheffer tovuq go‘shti savdosidan tushayotgan daromad Ukraina xalqiga emas, balki Ukrainaning yirik tovuq ishlab chiqaruvchi xoldingi — MNR hamoniga tushmoqda. Foyda kimga tegayotganini bilmasdan turib, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash xato ekanligini aytdi.

“Ukraina xalqimi yoki ularning hukumatimi? Ma’lum bo‘lishicha, bizning yordamimizdan Ukraina qishloq xo‘jaligi mehnatkashlari emas, balki boshqa birov foyda ko‘rmoqda. MNR — kushxona, yem va parrandachilik fabrikasiga egalik qiluvchi ukrainalik oligarxning mulki”, — ta’kidladi Sheffer.

“Ushbu baxtsiz mojaroning dastlabki kunlarida bozorimizga oyiga 10 000 tonna ukraina tovuqlari olib kirildi. Hozir esa kuni 20 000 tonna kirib kelmoqda. Bu haqiqatan ham haqiqiy portlash, shiddatli o‘sish. Hamma joyda hamkasblarimiz bankrot bo‘lish holatida: nemislar, gollandlar, polyaklar. Biz hammamiz bir vaziyatdamiz, chunki biz Yevropa Ittifoqida yagona bozorni tanladik va unga ukrainalik ishlab chiqaruvchilarning kelishi butun Yevropa Ittifoqidagi avvalgi muvozanat holatini darhol buzdi” – deydi uyushma vakili.
Shefferning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaziyat Fransiya parrandachilik sektorini tobora qiyin ahvolga solmoqda. Ukrainada ishlab chiqarish qiymati Yevropa Ittifoqiga qaraganda ikki baravar past.