TOShKENT, 7 sen — Sputnik. O‘zbekistonning sport tadbiriga yondashuvi bizni ijobiy ma’noda hayratlantirdi, deydi Rossiya sport vaziri Oleg Matitsin. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
"Ushbu sport tadbiri qadimiy Xivada bo‘lib o‘tayotgani juda muhim ahamiyatga ega. Chunki sportchilar bu yerda nafaqat sport bayrami muhitini, balkim ular sport qadimdan ushbu mamlakat va ushbu shahar madaniyatining bir qismi ekanini ham his qilishadi.
Bugun biz tarixiy maydonlarda jihozlangan sport arenalarni tomosha qildik. Sportchilar uchun bu biroz noodatiy bo‘lishi mumkin, lekin bu bizni ijobiy ma’noda hayratlantirdi. Bu sport imidjini yaratishda yangi yondashuv", - dedi Matitsin.
Eslatib o‘tamiz, Xivada 7-10 sentabr kunlari xalqaro etnosport festivali bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 63 davlatdan 1800 dan ortiq sportchi, chet davlatlar sport delegatsiyalari ishtirok etadi. Sport vaziri Oleg Matitsin boshchiligidagi Rossiya delegatsiya ham ushbu festivalga taklif qilingan.
© Sputnik/Anna Jelixovskaya