TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Bugun Samarqandda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi, deya xabar berdi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
O‘zbekiston hukumati tomonidan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning texnik ko‘magida tashkil etilgan mazkur konferensiya 7–8 sentabr kunlari davom etadi.
Samarqandda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi
Tadbirda 15 ta mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirlari, 8 mamlakatdan vazir o‘rinbosarlari, 13 mamlakatning yuqori darajadagi diplomatlari va 30 dan ziyod xalqaro hamda ilmiy tashkilotlar, shuningdek moliya institutlari vakillari ishtirok etmoqda.
Tadbirning ochilish marosimida Shavkat Mirziyoyevning Oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya qatnashchilariga yo‘llagan murojaatini bosh vazir Abdulla Aripov o‘qib eshittirdi.
Samarqandda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi
“Zamonaviy texnologiyalar va qishloq xo‘jaligi texnikasi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi fermerlar uchun bir xilda ochiq va hamonbop bo‘lishi kerak. Biz xalqaro moliya institutlarini ushbu masalaga alohida e’tibor qaratib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining “yashil texnologiyalar”dan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha aniq amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishga chaqiramiz”, - deyiladi murojaatda.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston eng zarur mahsulotlar savdosi va transportirovkasida to‘liq erkinlik hamda oziq-ovqat yuklari harakatini tartibga soladigan qoidalarni soddalashtirish tarafdori. Savdo yo‘llari xavfsizligi va ochiqligini ta’minlash davlatlararo munosabatlarda o‘zgarmas tamoyil bo‘lib qolishi zarur.
V Samarkande nachal rabotu mejdunarodnaya konferensiya po prodovolstvennoy bezopasnosti
"Konferensiya faoliyatining yakunlari asosida Samarqand deklaratsiyasi qabul qilinadi. Hujjat xalqaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi. Tomonlar iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, yerlar degradatsiyasini asosiy chaqiriqlar sifatida e’tirof etishadi", - deyiladi vazirlik xabarida.
Samarqand deklaratsiyasida ishtirokchi mamlakatlarning quyidagi maqsadlari qayd etiladi:
qishloq xo‘jaligini ekologik jihatdan eng xavfsiz, bioxilma-xillikni qo‘llab-quvvatlaydigan usulda, suv resurslaridan optimal foydalangan holda rivojlantirish;
aholi, ayniqsa bolalar va o‘smirlarning sog‘lom ovqatlanishiga ko‘maklashish, maktabda ovqatlanish kompleks dasturlarini joriy qilish;
ayollarning agrooziq-ovqat tizimlari transformatsiyasidagi ulushini oshirish uchun qishloq joylardagi ayollar huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish;
davlat miqyosida kichik va oilaviy xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ishlab chiqarish, tabiiy va moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.
Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida 26 mamlakatdan 150 dan ziyod xorijiy olimlar va O‘zbekistonning 200 nafar olimi ishtirokida davra suhbati o‘tkaziladi. Ishtirokchilar qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish imkoniyatini muhokama qilishadi.