TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Ukrainani millatchilardan ozod qilish vaqtida vayron bo‘lgan Mariupol shahri Rossiya quruvchilari tomonidan ildam tiklanmoqda.
Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin aytishiga ko‘ra, 2023-yilning birinchi yarmida bu yerda 2,5 mingtadan ortiq ko‘p qavatli uylar, yuzdan ortiq ijtimoiy obyektlar, maktab, shifoxona, bog‘cha va tug‘ruqxonalar qayta tiklandi, 250 km yo‘l ta’mirlandi.
Birinchi sentabrgacha Marupolda o‘nlab ta’lim muassasalari bolalar uchun eshiklarini ochdi. ular orasida mutlaq yangi maktablar va kapital ta’mirdan chiqqan binolar ham bor. Shu kunga qadar onlayn ko‘rinishda ta’lim olgan bolalar bundan g‘oyatda mamnun.
Shuningdek, mintaqaning suv xavfsizligini ta’minlash uchun muhim kanal bo‘lgan Don - Severskiy Dones - Donbass suv o‘tkazgich ishga tushirildi, LXRdagi nasos stansiyalarini ishga tushirish bo‘yicha ham ish olib borilmoqda.
Shunigdek, tarixiy va madaniy obyektlar ham e’tibordan chetga qolgani yo‘q. Masalan, sentabr oyi boshida Luganskda turli yillardagi shahar himoyachilarining haykallari bo‘lgan yangilangan "O‘tkir qabr" ("Ostraya mogila") yodgorligi ochildi.
Yaqin uch yil ichida yangi hududlarda jami 8,4 mingta obyektni qayta tiklash rejalashtirilgan.