TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Bugun togda Rossiya sport vaziri Oleg Matitsin boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi. Mehmonlarni Urganch xalqaro aeraportida respublika yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov kutib oldi.
Rossiya sport vazirligi delegatsiyasi o‘zbekistonlik hamkasblari bilan uchrashuv o‘tkazadi. 7-10 sentabr kunlari Xiva shahridagi “Ichan qal’a” majmuasida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro etnosport festivalida mehmon sifatida ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, Rossiya va O‘zbekiston sport vazirlari muntazam uchrashuvlar o‘tkazib turishadi. So‘nggi bor Oleg Matitsin va Adham Ikromov 2022-yilning dekabrida uchrashib, O‘zbekiston va Rossiya orasida sport sohasida hamkorlikni rivojlantirish, ShHT a’zolari sport o‘yinlari o‘tkazish va boshqa masalalar borasida kelishib olishgan edi.