“Pobeda” O‘zbekistonga yangi reyslar uchun ruxsatnoma oldi

Rossiya aviakompaniyasi endi Yekaterinburg – Samarqand va Novosibirsk – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Rossiyaning "Pobeda" aviakompaniyasi O‘zbekistonga yangi yo‘nalishlarda muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi.
Tegishli ruxsatnomani "O‘zaviatsiya" agentligi 6-sentabr kuni taqdim etdi.
"Pobeda" endi Yekaterinburg – Samarqand – Yekaterinburg va Novosibirsk – Samarqand – Novosibirsk yo‘nalishlarida muntazam parvozlarni amalga oshiradi.