Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Maxsus operatsiya: 7-sentabrning asosiy voqelari

Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyani muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. O‘tgan kun davomida dushmanning qurbon bo‘lgan va yaralangan askarlari soni 500 dan oshdi.
Sputnik
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi kun davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligining 7-sentabr hisoboti:

Zaporojye yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari guruhi Verbovoe va Rabotino aholi punktlari hududlarida UQKning 14ta hujumini qaytardi. Janglar davomida dushman 110 tagacha harbiy xizmatchi, ikkita tank, to‘rtta piyoda jangovar mashina, ikkita zirhli jangovar mashinasi, uchta avtomashina, M109 Paladin o‘ziyurar artilleriya moslamasi va AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi, Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan FH-70, Msta-B va D-30, shuningdek, uchuvchisiz apparatlarni boshqarish elektron urush stansiyasi "Bukovel-AD" yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhi Klesheyevka, Andreyevka va Ximik aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlari hujumchi guruhlarining 9ta hujumini qaytardi. Kun davomida halok bo‘lgan va yaralangan dushman askaralari soni 320 dan oshdi. Shuningdek, bitta tank, ikkita BMP, 12 ta mashina, o‘ziyurar artilleriya qurilmalari: Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" artilleriya tizimi, "Gvozdika", ikkita D-30 bitta D-20 gaubitsalari yo‘q qilindi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyati Kislovka aholi punkti hududidaUQKning 95-havo hujumi brigadasining to‘rtta hujumini qaytardi. Dushman yo‘qotishlari 55 nafar harbiy xizmatchi, ikkita avtomashina, AQShda ishlab chiqarilgan uchta M777 artilleriya tizimi va "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasini tashkil etdi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi Chervonaya Dibrova qishlog‘i yaqinida UQKning 67-mexanizatsiyalashgan brigadasining hujumlarini qaytardi. Dushman yo‘qotishlari 60 nafar harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina va uchta yuk mashinasini tashkil etdi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlar guruhi Staromayorskoe qishlog‘i hududida UQK bo‘linmalariga zarba berdi. Novomayorskoe aholi punkti hududida dushman hujumi qaytarildi, UQKning ikkita qo‘poruvchi-razvedka guruhi faoliyati bostirildi. Dushman yo‘qotishlari 180 nafar harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar texnikasi, beshta texnika, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, ikkita D-30 gaubitsasi va bitta "Giatsint-B" to‘pini tashkil etdi.
Xerson yo‘nalishida 25 tagacha ukrainalik harbiy xizmatchi, 2 ta texnika, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan ikkita M777 artilleriya tizimi yo‘q qilindi.
Pereyaslavskiy orolida 126-hududiy mudofaa brigadasining uchta ukraina diversion-razvedka guruhi yo‘q qilindi.
Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari qo‘shinlari guruhlarining operativ-taktik va armiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi 117 ta tumanda Ukraina Qurolli kuchlarining ishchi kuchi va harbiy texnikasini mag‘lub etdi.
Zaporojye viloyatining Lyubimovka qishlog‘i yaqinida S-300ps zenit-raketa majmuasining ishga tushirish moslamasi yo‘q qilindi.
Krasnoe va Novomixaylovka aholi punktlari hududlarida UQKning 3-shturm va 79-havo hujum brigadalarining dala o‘q-dorilar omborlari yo‘q qilindi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari kun davomija AQShda ishlab chiqarilgan 11ta HIMARS raketalarini, shuningdek, JDAM boshqariladigan bombani tutib oldi.
LXRning Belogorovka, Melovatka, Spornoe, DXRning Vodanoe, Zaporoje viloyatining Mirnoe, Xersonning Golaya Pristan aholi punktlari hududlarida 41 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukraina jami 467 ta samolyot, 248 ta vertolot, 6467 ta uchuvchisiz uchish apparati, 436 ta zenit-raketa kompleksi, 11711 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1148 ta reaktiv tizimlar jangovar texnikasi, 6274 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 12 776 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.