TOShKENT, 7 sen — Sputnik. British Amerikan Tobakko o‘zining Rossiya va Belarusdagi biznesini sotilganini e’lon qildi.
Kompaniya xabarida aytilishiga ko‘ra "BAT" guruhi o‘zining Rossiyadagi biznesini mahalliy boshqaruvchilar va investorlar konsorsiumiga topshiradi. Shuningdek, barcha savdo brendlar ham ularning ixtiyoriga o‘tadi.
"Barcha rasmiy jarayonlar yakunlanganidan so‘ng kompaniyaning Rossiya va Belarusdagi biznesi "BAT Rossiya" — mahalliy investorlar va boshqaruvchilar konsorsiumi ixtiyoriga o‘tadi. Yangi tuzilma ITMS kompaniyalar guruhi deb ataladi", - deyilgan xabarda.
Yangi mulkdor barcha biznes jarayonlarining uzuluksizligi va xodimlar bandligini ta’minlashi kerak. Shuningdek Hukumat qo‘mitasi bilan kelishilgan investitsiya rejasini amalga oshirishi kerak.
Undan tashqari, hozirda foydalanilayotgan barcha savdo belgilari Rossiya biznesining mulki bo‘lib qoladi. Iste’molchilar o‘zlari o‘rganib qolgan mahsulotlarni tanish brendlar ostida xarid qilishda davom etadilar.
Eslati bo‘tamiz, British Amerikan Tobakko 2023-yilning fevral oyida Rossiya va Belarusdagi biznesini yil oxiriga qadar sotishini e’lon qilgan edi. Kompaniya Rossiya bozoridan ketishi oqibatida 957 mln funt sterling yoki 1,2 mlrd. dollar yo‘qotadi.