TOShKENT, 7 sen — Sputnik. O‘zbekiston yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov Rossiyaning sharafli mukofoti bilan taqdirlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Rossiya sport vaziri Oleg Matitsin Adham Ikromovga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun "Rossiya sport vazirligi tashkil etilganining 100-yilligi" yubiley medalini topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Xivada 7-10 sentabr kunlari xalqaro etnosport festivali bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 63 davlatdan 1800 dan ortiq sportchi, chet davlatlar sport delegatsiyalari ishtirok etadi. Sport vaziri Oleg Matitsin boshchiligidagi Rossiya delegatsiya ham ushbu festivalga taklif qilingan.