Surxondaryoda paxta rejasini bajargan fermerga avtomobil berildi

“Botosh lochini” fermer xo‘jaligi shartnomaviy rejani 100 foizga bajardi.
Sputnik
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Surxondaryo viloyatida paxta rejasini bajargan fermerga “Cobalt” topshirildi, deya xabar berdi viloyat hokimligi.
Oltinsoy tumani “Paxtakor” hududidagi “Botosh lochini” fermer xo‘jaligi 44,8 gektar paxta maydonidan 187,4 tonna hosil olib, 3-sentabr kuni shartnomaviy rejani 100 foizga bajardi.
O‘rtacha hosildolik 44 sentnerni tashkil etgan bo‘lib, hozirda 1-terim ishlari davom etmoqda.
Surxondaryo viloyatida paxta rejasini bajargan fermerga “Cobalt” topshirildi
“Bugun shartnomaviy rejani birinchilardan bo‘lib bajargan fermer xo‘jaligi rahbariga "Denov tekstil klaster" MChJ tomonidan “Cobalt” avtomobili topshirildi”, deyiladi xabarda.
Avtomashina kaliti hamda 10 kunda 1,5 tonnalab paxta tergan ilg‘or terimchilar, qator fermer xo‘jaliklar rahbarlari, mexanizatorlar, suvchi va ishchilarga maishiy texnikalar, sovg‘alarni viloyat hokimi topshirildi.