Kutubxona binosi XIX asr oxirida qo‘qonlik tadbirkor aka-uka Vadyayevlar tomonidan qurilgan. Turli yillarda bu binoda Toshkent shahar dumasi va Jamoat yig‘ini, 1965-yildan esa mashhur bolalar kutubxonasi faoliyat ko‘rsatgan.
2020 yilda bu tarixiy binoni qayta tiklash ishlarini boshlandi va zamonaviy jihozlandi. Uni ta’mirlash ishlarida sankt-peterburglik me’morlar ham qatnashishdi. Endi kutubxonaning eshiklari barcha uchun ochiq.
Bugun muassasa har jihatdan qulay, shinam va yorug‘. U nafaqat bolalar, balki kattalarning ham sevimli maskaniga aylanmoqda. Kutubxona o‘zbek va jahon bolalar adabiyotiga oid 200 mingtaga yaqin kitob fondiga ega. Fond 1965-yildan buyon shakllantirilgan.
Yangilangan kutubxonada o‘qish uchun qulay zallar mavjud. Qolaversa, ma’lumotlarni audio va video formatlarida ham olish mumkin.
Batafsil - Sputnik videosida.