TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina hududida olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyasning so‘nggi kun davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.
Mudofaa vazirligi 6-sentabr hisoboti:
Rossiya Aerokosmik kuchlari o‘tgan tunda UQKning diversion guruhlari o‘quv bazasiga uzoq masofali yuqori aniqlikdagi qurol bilan guruhli zarba berdi. Zarba nishonga tegdi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhi DXRNing Klesheyevka, Orexovo-Vasilevka, Ximik, Nevelskoe va Marinka aholi punktlari hududida UQKning 80-havo desant brigadasi, 110-mexanizatsiyalashgan va 59-motoo‘qchilar brigadalarining 10ta hujumini qaytardi. Artemovsk shahri hududida UQKning 17-tank brigadasi ishchi kuchi va texnikasi to‘plangan pozitsiyaga zarba berildi.
Kun davomida ushbu yo‘nalishda 285 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, bitta tank, ikkita BMP, beshta texnika, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi, "Rapira" to‘pi, uchuvchisiz apparatlar boshqarish markazi yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlari guruhi Novodoneskoe aholi punkti yaqinidagi UQKning 38-mexanizatsiyalashgan brigadasi hujumini qaytardi.
Urojaynoe va Novodoneskoe aholi punktlari hududlarida dushmanning ishchi kuchi va harbiy texnikasi to‘plangan pozitsiyalarga zarba berildi. Dushmanning ushbu yo‘nalishdagi yo‘qotishlari 180 dan ortiq harbiy xizmatchi, beshta tank, ikkita zirhli jangovar mashina, ikkita avtomashina, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, ikkita "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsasi va D-20 to‘pini tashkil etdi.
Zaporojye yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari guruhi Verbovoe va Rabotino aholi punktlari hududlarida dushmanning 4ta hujumini qaytardi. Rossiya qo‘shinlarining taktik pozitsiyasida hech qanday o‘zgarishlar yo‘q. Kun davomida 40 tagacha ukrainalik harbiy xizmatchilar, bir tank, ikkita zirhli jangovar mashina, ikkita pikap, ikkita AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi, AQShda ishlab chiqarilgan uchta M109 Paladin o‘ziyurar artilleriya moslamasi, Britaniyada ishlab chiqarilgan FH-70 to‘pi, ikkita Msta- B", ikkita D-30 gaubitsasi va ikkita "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasi yo‘q qilindi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi LXRning Sverdlovka posolkasi hududida taktik vaziyatni yaxshiladi. Sergeyevka posolkasi hududida UQKning 95-havo hujumi brigadasi hujum guruhining ikkita hujumi qaytarildi. Kun davomida dushmanning yo‘qotishlari 40 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita avtomashina, AQShda ishlab chiqarilgan M109 Paladin o‘ziyurar artilleriya moslamasi va D-30 gaubitsasini tashkil etdi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" kuchlar guruhi LXRning Chervonaya Dibrova va Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligi hududida UQKning 12-maxsus kuchlari brigadasi va 63-mexanizatsiyalashgan brigadasining ikkita hujumni qaytardi. Kun davomida 50ka yaqin ukrainalik harbiy xizmatchilar, ikkita zirhli jangovar mashina, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida havo va artilleriya zarbalari natijasida dushmanning 65 nafar harbiy xizmatchisi, to‘rtta mashinasi va Msta-B gaubitsasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi 103 ta tumanda dushmanning ishchi kuchi va harbiy texnikasiga zarba berdi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari kun davomida 12 ta AQO‘HShda ishlab chiqilgan HIMARS va "Uragan" reaktiv tizimlarining 12ta raketalarini tutib oldi.
Bundan tashqari, Makeyevka, Novonikolskoe, Melovatka, Berestovoe, Pshenichnoe, Semenovka, Olshana va Krinki aholi punktlari hududlarida dushmanning 17 ta uchuvchisiz apparati urib tushirildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 467 samolyot, 248 vertolot, 6426 uchuvchisiz uchish apparati, 435 zenit-raketa tizimlari, 11696 tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1148 reaktiv tizimlar jangovar texnikasi, 6253 ta dala artilleriya tizimlari va minomotlari hamda 12749 dona maxsus harbiy texnikasini yo‘qotdi.