TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan muzokaralarini samarali deb atadi, deya yozadi RIA Novosti.
"Biz Sochida janob Putin bilan keng qamrovli va samarali uchrashuv o‘tkazdik. Ishonchim komilki, birinchi navbatda don bitimi va boshqa bir qator gumanitar masalalar muhokama qilingan ushbu uchrashuvni butun dunyo yuqori baholadi", - dedi Erdog‘an vazirlar mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng xalqqa yo‘llagan murojaatida.
Putin va Erdog‘an dushanba kuni Sochida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda don bitimi bilan bog‘liq vaziyat va boshqa masalalarni muhokama qildi. Putin bir necha hafta ichida Rossiya Afrikaning olti davlatiga bepul don yetkazib berishni boshlashi haqida ma’lum qildi.
Erdog‘an Anqara muhtoj mamlakatlarga jo‘natish uchun Rossiya donini qayta ishlashda yordam berishga tayyorligini va Afrika davlatlariga oziq-ovqat yetkazib berish bosqichlarini birgalikda amalga oshirishiga umid qilishini ta’kidladi.