Birinchi o‘quv kunida metrodan qancha odam foydalandi?

Toshkent metropolitenidan foydalanuvchilar soni birinchi o‘quv kunida qariyb 520 mingni tashkil etgan.
Sputnik
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. O‘quv jarayonlari boshlanganidan so‘ng Toshkent metropolitenidan foydalanuvchilar soni birinchi o‘quv kunida qariyb 520 mingni tashkil etgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Bu o‘tgan avgust oyining kunlik yo‘lovchilar soniga nisbatan 180 ming, ya’ni 53 foiz yo‘lovchiga ko‘p deganidir.
Shuningdek, xizmat sifatini oshirish maqsadida metropolitenning yo‘nalishlarida qatnov intervali tig‘iz vaqtlarda qisqartirilgan. Chilonzor yo‘nalishi 1,5-2 daqiqa, O‘zbekiston yo‘nalishi 3-4 daqiqa, Yunusobod yo‘nalishi 5 daqiqa, yer usti halqa metro yo‘nalishi 7-8 daqiqa etib belgilangan.