TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Ertaga, 7-sentabr kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi ayrim joylarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, qurilayotgan yangi qozonxonaning issiqlik tarmoqlari rekonstruksiya qilingan qismga ulanadi. Shu munosabat bilan Vodnik dahasining ayrim hududlarida 7-sentabr kuni soat 09:00 dan issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
29, 30, 31, 32, 33, 34, 36, 37, 39 va 40-uylar, shuningdek, 2 ta ma’muriy bino.
Issiq suv ta’minotini qayta tiklash yuqorida aytib o‘tilgan ishlar tugashi bilan (8 sentabr soat 20:00 dan keyin) amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, ushbu chora Toshkent shahridagi issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va hududda yopiq issiqlik ta’minoti tizimiga o‘tish doirasida yangi qozonxona va tegishli jihozlarni ulash uchun zarur.