TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Bugun, chorshanba kuni AQSh “Vandenberg” kosmik kuchlari bazasidan Minuteman III qit’alararo ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi.
AQSh Harbiy-havo kuchlarining global zarba berish qo‘mondonligi tomonidan 6-sentabr, chorshanba kuni soat 1.26 (Moskva vaqti bilan 11.26 – tahr.) da “Vandenberg” kosmik kuchlari bazasidan jangovar kallaksiz Minuteman III qit’alararo ballistik raketaning sinovi amalga oshirildi, — deyilgan baza bayonotida.
AQSh Harbiy havo kuchlari global zarbalar qo‘mondonligi Minuteman III raketasining uchirilishini tizimning xavfsizligi, samaradorligi va tayyorgarligi sinovi deb atadi.
Bir kun oldin Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder Minuteman III raketasi uchirilganini e’lon qilib, uning maqsadi AQSh yadroviy kuchlari, shuningdek, milliy yadroviy to‘xtatuvchi kuchlarning tayyorligini namoyish etish, bu sinov odatiy hol, bir necha yil avval rejalashtirilganligini aytdi.. Shuningdek, u Amerika tomoni AQSh va Rossiyani bog‘lovchi ikki tomonlama kelishuvlar doirasida o‘zining ballistik raketasini sinovdan o‘tkazish niyati haqida Moskvani oldindan xabardor qilganini bildirdi.