Yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston milliy rekordni yangiladi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1-o‘rinni egalladi va milliy rekordni yangiladi.
Sputnik
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston oltin medal oldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida ajoyib natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

"Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tayotgan yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha jahon chempionatida erkaklar terma jamoalari o‘rtasida yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar estafetasi turida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 55.06 soniya natija bilan 1-o‘rinni egalladi va milliy rekordni yangiladi", - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, milliy rekord 55.77 soniya natija bilan terma jamoa tomonidan 2017-yilda Izmirda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida qayd etilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi Turkiyada o‘tayotgan yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha jahon chempionatida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgandi.