"Ukrainada davom etayotgan urush borasida Turkiyaning pozitsiyasi aniq. Birinchi kundan boshlab biz doimo tinchlik, muloqot va diplomatiya tarafdori ekanligimizni ko‘rsatdik. Biz yana qon to‘kilmasligi uchun katta sa’y-harakatlar qildik. Biz muammoni yanada kuchaytirmadik yoki olovga yog‘ sepmadik, har ikki tomonni uchrashtirishga harakat qildik. Afsuski, urush bir yarim yildan beri davom etmoqda. Ukrainada tinchlik o‘rnatish istiqbollari ko‘rinmayapti", — dedi u Sochidan qaytgach jurnalistlarga.
"Agar tomonlar shunday istak bildirsa, biz o‘z hissamizni qo‘shishga tayyormiz. Shuningdek, asirlar almashinuvi va Zaporojye atom elektr stansiyasi kabi masalalarda vositachi rolini o‘ynashda davom etamiz. Umid qilamizki, ikki qo‘shnimiz va mintaqamizga zarar yetkazayotgan bu urush xalqaro huquqqa asoslangan adolatli va mustahkam tinchlik bilan yakunlanadi", — dedi Erdog‘an.