Bugun Toshkentning ayrim tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi — manzillar

Mirobod va Olmazor tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Sputnik
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Bugun Toshkentning ayrim tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning ayrim tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Mirobod tumani: "Avloniy" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
Olmazor tumani: "Xoncharbog‘", "Namuna" va "Qorasaroy" MFYlarining ayrim ko‘chalarida soat 08:00 dan 17:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin. Xabarda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan.