Bugun poytaxtning ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi — manzil

Bugun Olmazor tumanining 5 ta mahallasiga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Sputnik
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Bugun Toshkent shahri Olmazor tumanining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar berdi.
Ta’mirlash ishlari tufayli Olmazor tumanining Ahil, Yangi Toshkent, Paxta, Moyariq va G‘.Agzamov mahallalariga soat 11:00 dan 17:30 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Aholi xonadonlari soni - 5037 ta
Ulgurji iste’molchilari soni - 36 ta
Eslatib o‘tamiz, bugun, shuningdek, Olmazor tumanidagi "Xoncharbog‘", "Namuna" va "Qorasaroy" MFYlarining ayrim ko‘chalarida soat 08:00 dan 17:00 gacha elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.