Tanzila Norboyeva Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar

Aleksandr Lukashenko: Sizda juda yaxshi prezident bor.
Sputnik
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. O‘zbeklarning prezident bobida omadi kelgan. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.
Lukashenko o‘z so‘zida ikki davlatning samarali hamkorligi hamda xalqaro platformalarda va integratsiya birlashmalarida bir-birini qo‘llab-quvvatlab kelayotganini alohida ta’kidladi. Belarusning ShHTga a’zoligiga jadal kirishi masalasida ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirdi.
Tanzila Norboyeva Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi
Qayd etilishicha, shu kunlarda Minsk shahrida bo‘lib o‘tayotgan Belarus-O‘zbekiston ayollar biznes-forumi mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda o‘zining muhim rolini o‘ynaydi.
"Men mintaqaviy hamkorlikka o‘tishimizni juda istardim (Rossiya Federatsiyasida bo‘lgani kabi, bizda allaqachon tajriba bor), uning asosi iqtisodiyotdir. Bu biz uchun muhim, O‘zbekiston uchun texnologiya jihatidan undan ham muhimroq", - dedi Lukashenko.
U o‘z so‘zida "Sizda juda yaxshi prezident bor" deya, O‘zbekistonning kelajagi buyuk ekanligini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, Minskda O‘zbekiston va Belarus ayollari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tmoqda. Forumda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi ishtirok etmoqda.