TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukraina Mudofaa vazirligining yangi rahbari Rustem Umerovdan sog‘lom fikr kutishini aytdi.
"Nima kutilmoqda? Faqat bitta narsa — hech bo‘lmaganda bir rahbarda sog‘lom fikr paydo bo‘lishi", - ta’kidladi Shoygu.
Shoygu Rossiya rasmiylari Umerovni tanimasligini qo‘shimcha qildi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Aleksey Reznikovni mudofaa vaziri lavozimidan chetlashtirish haqidagi qarori bir kun avval ma’lum bo‘lgan edi. Uning o‘rniga mamlakat Davlat mulki jamg‘armasi rahbari Rustem Umerovni tayinlash taklif etildi.