TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 5-sentabr kuni Pokiston Islom Respublikasi Qurolli kuchlari Quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni general Asim Munir boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Suhbat davomida O‘zbekiston va Pokiston orasida o‘zaro savdoning yuqori o‘sish sur’atini davom ettirish, infratuzilmaviy loyihalarni tezlashtirish hamda ikki mamlakat yetakchi korxonalarining kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, “Termiz – Mozori Sharif - Peshovar” temir yo‘lini barpo etish loyihasini ilgari surish maqsadida amaliy sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, mintaqada xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi nuqtayi nazaridan fikr almashildi.