“Shaharsozlik to‘lqini” tashabbusi yosh arxitektorlar mustaqil uyushmasiga aylantirildi

Assotsiatsiya faoliyati O‘zbekistonda shaharsozlikni rivojlantirishga qiziquvchi yuridik shaxslar va ekspertlarni birlashtirish, shaharsozlik sanoati kadrlarining salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Sputnik
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. “Yuksalish” umummilliy harakati qoshidagi “Shaharsozlik to‘lqini” tashabbusi O‘zbekistonning yosh arxitektorlari mustaqil uyushmasiga aylantirildi. Bu haqda harakat matbuot xizmati xabar berdi.
Assotsiatsiya faoliyati O‘zbekistonda shaharsozlikni rivojlantirishga qiziquvchi yuridik shaxslar va ekspertlarni birlashtirish, ularning kasbiy manfaatlarini ifodalash, shaharsozlik sanoati kadrlarining salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Shuningdek, arxitekturaviy loyihalash bozorini o‘rganish, uning ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlarni tizimlashtirish va rivojlanishiga ko‘maklashish, arxitektura sohasi mutaxassislarining bandligini ta’minlash, professional muloqot tashkil qilish va tajriba almashish ko‘zda tutilgan.
Arxitektor-loyihalovchilar www.shaharsoz.uz havolasiga o‘tib, assotsiatsiyaga a’zo bo‘lishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, 2021-yilning aprel oyida “Yuksalish” harakati qoshida mahalliy arxitektorlar va loyihalovchilarning norasmiy uyushmasi tuzilgan edi.