TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Rossiya harbiylari Moskvaga dronlar yordamida hujum urinishlarini bartaraf etdi. Bu haqda poytaxt meri Sergey Sobanin telegram-kanalida xabar berdi.
"Havo hujumidan mudofaa kuchlari Tver viloyatidagi Zavidovo hududida Moskva yo‘nalishida uchayotgan yana bir dronni yo‘q qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va vayronagarchiliklar yo‘q. Voqea joyiga favqulodda xizmatlar jo‘natildi", — deyiladi xabarda.
Tver viloyati hukumati aniqlik kiritishicha, dron Konakovo tumanida yo‘q qilingan, qurbonlar yo‘q. Hozirda voqea joyi favqulodda xizmatlar nazorati ostida.
Bugun avvalroq Sobanin Kaluga viloyati va Moskva viloyatining Istra tumanida dronlarning yo‘q qilingani haqida xabar bergan edi. Dron bo‘laklarining qulashi natijasida obyektlar zarar ko‘rgan.
Poytaxt aeroportlari vaqtincha faoliyatini to‘xtatib turgan edi, hozirda barcha cheklovlar olib tashlangan.
Ukraina harbiylari dronlar yordamida muntazam ravishda Rossiya hududlariga hujum amalga oshirib turmoqda. Asosiy zarba chegara hududlariga, shuningdek, Markaziy Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda.