Ayollar boshqaruvidagi korxonalarning sof daromadi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda ayol rahbarlar boshqaruvida kichik korxona va mikrofirmalarning mahsulot sotishdan tushgan sof daromadi 31,8 trln so‘mni tashkil etgan.
Sputnik
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. O‘zbekistonda ayol rahbarlar boshqaruvidagi korxonalarning sof daromadi 9,2 trln so‘mga oshgan, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Qayd etilishicha, 2023-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda ayol rahbarlar boshqaruvida kichik korxona va mikrofirmalarning mahsulot sotishdan tushgan sof daromadi 31,8 trln so‘mni tashkil etgan.

“Ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalarning sof daromadi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 9,2 trln so‘mga oshgan”, - deyiladi xabarda.

O‘zbekistonda ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 39 078 tani tashkil etgan. Ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 606 taga oshgan.
O‘tgan yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 36 472 tani tashkil etgan. Kichik korxona va mikrofirmalar soni eng ko‘p bo‘lgan hududlar ichida Toshkent shahri va viloyati, navoiy va Samarqand viloyatlari yetakchilik qilgan.