Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

NATO Putinga Ukraina bo‘yicha yangi signal yubordi — OAV

SZ: NATOning Boltiq dengizidagi harbiy mashqlari Rossiyaga NATOning jangovar tayyorligini ko‘rsatishi kerak.
Sputnik
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. NATO Ukrainadagi mojaro fonida Germaniya homiyligidagi Boltiq dengizida harbiy mashqlar bilan Rossiyaga tahdid qilishga qaror qildi, deb yozadi "Süddeutsche Zeitung".

"Ushbu manyovrlar yordamida Germaniya o‘zining alyansdagi hamkorlari bilan birgalikda Rossiyaga “ogohlik haqida aniq signal” yuboradi”, — dedi Germaniya harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni, vitse-admiral Yan Kristian Kaak.

Maqolada qayd etilishicha, blokni Finlyandiya va Boltiqbo‘yi mamlakatlariga yetkazib berishning eng muhim yo‘llari dengiz orqali amalga oshiriladi, shuning uchun dengiz yo‘llari xavfsizligini ta’minlash muhim vazifaga aylanmoqda.
“Polsha va Litva o‘rtasidagi quruqlik aloqasini osongina uzib qo‘yish mumkin: u Rossiyaning Kaliningrad anklavi va Rossiya ittifoqchisi Belarus o‘rtasidagi 65 kilometrlik tor yo‘lak orqaligina amalga oshiriladi”, — deb yozdi jurnalist.
8 sentabrda boshlanadigan “Shimoliy qirg‘oq – 2023” deb nomlangan harbiy mashg‘ulotlar davomida “Rossiya tomonidan hujumi bo‘lsa” Latviya va Estoniya qirg‘oqlarida harbiy-dengiz kuchlari operatsiyalarini, portlarni himoya qilish, shuningdek, dengiz yo‘llari xavfsizligini tahminlash bo‘yicha harakatlarni mashq qiladilar.
Gipotetik "Suvalki koridori" - bu Polsha shimoli-sharqidagi Suvalki shahri yaqinidagi hudud bo‘lib, u Belarus va Rossiyaning Kaliningrad viloyati o‘rtasida joylashgan, uning uzunligi taxminan yuz kilometrni tashkil qiladi.